menu
“Bunyodkor” Abbosbek Fayzullayev to‘p surayotgan “SSKA”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 
Uchrashuv Rossiyada bo‘lib o‘tadi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Rossiyada “SSKA”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Bu haqida “SSKA” matbuot xizmati xabar qilmoqda. Uchrashuv 22-mart kuni “VEB Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Moskva klubi tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev to‘p suradi.

“Bunyodkor” O‘zbekiston Superligasining dastlabki 2 turida ham mag‘lubiyatga uchrab, eng so‘nggi o‘rinda bormoqda.

“SSKA” esa Rossiya Premyer Ligasida 20-turdan so‘ng 32 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!