menu
Britaniya Ukrainaning harbiy texnika ta’minotiga 311  million dollar ajratadi 
Avvalroq Qirollik Ukrainaga 200 ta Brimstone raketalarini topshirishni ma’lum qilgan edi

Buyuk Britaniya kelgusi yilda Ukrainaga o‘q-dorilar sotib olish va ishlab chiqarish uchun 245 million funt sterling (taxminan 311 million dollar) yordam paketini taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA xabar berdi.


Avvalroq Qirollik mudofaa vaziri Grant Shapps Kiyevga  200 ta Brimstone raketalari yetkazilishini aytgan edi.

Unga ko‘ra, yangi moliyalashtirish paketi Ukrainaning artilleriya o‘q-dorilari zaxirasini to‘ldirishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan. Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit berib, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiyada harbiylarni tayyorlash orqali ham mojaroda bevosita ishtirok etmoqda. Rossiya rasmiylari Ukrainani G‘arb qurollari bilan ta’minlash muzokaralarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham qo‘shimcha qilgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!