qarashlar
Tadqiqotchilar Braziliyadagi masako hindu qabilasi yashaydigan hududlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning mavjudligi ilgari qayd etilmagan va faqat olimlarning taxminlariga asoslangan edi. Bu haqda Braziliyaning “O Segredo” nashri xabar bermoqda.
Nashrning taʼkidlashicha, Braziliya g‘arbida masako xalqi mavjudligiga oid dalillarga qaramay, ularning mamlakat g‘arbidagi Rondoniya shtatida joylashgani to‘g‘risida hech qanday fakt bo‘lmagan. Nashr, shuningdek, Amazonka o‘rmonida ov qilayotgan hindular aks etgan kadrlarni ham e’lon qildi.
“Bu misli ko‘rilmagan suratlar bo‘lib, ular hech qachon hujjatlashtirilmagan amazon etnik guruhi mavjudligini tasdiqlaydi” deya ta’kidlagan “O Segredo” nashri.
Olingan fotosuratlar izolyatsiya qilinganiga qaramay “yo‘qolib ketmagan jamiyat” mavjudligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, kashfiyotdan so‘ng, olimlarning keyingi tadqiqotlarga bo‘lgan yuqori qiziqishi tufayli hindularning odatiy yashash sharoitlari xavf ostida qolishi mumkin.
Atrof-muhit bo‘yicha tadqiqotchi Paulo Moutinyo: “Izolyatsiya qilingan mahalliy xalqlarning huquqlarini hurmat qilish tropik o‘rmonlarni saqlash uchun ham asosdir” dedi.
Comments
0 comment