menu
Bokuda “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etildi (video)
Ushbu spektakl Dubay, Istanbul, Bursa, Dortmund, Moskva, Parij, Sankt-Peterburg, Pekinda ham tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan

Bokuda “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Ozarbayjon poytaxtida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi. O‘zbekistonning madaniy merosi bilan tanishuv “Lazgi — Muhabbat va qalb raqsi” spektaklidan boshlandi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilda Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan lazgi raqsi balet ko‘rinishida sahnalashtirilgandi. 2022-yil 28–29-iyun kunlari “Lazgi” baleti Bursa shahridagi Merinos Otaturk sahnasida namoyish etilgan.

2023-yil sentyabrida Rossiya Katta teatrida ushbu balet premyerasi bo‘lib o‘tgan. 2024-yilning yanvarida Pekindagi Xitoy milliy opera teatri sahnasida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etildi. Uch yillik gastrol safarlari davomida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” spektakli Dubay, Istanbul, Bursa, Dortmund, Moskva, Parij va Sankt-Peterburgda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan.

“Lazgi” Xorazm raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019-yil 12-dekabr kuni YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!