menu
BMT: Afg‘onistonda homilador ayollarning 2 milliondan ortig‘i to‘yib ovqatlanmaydi 
Qo‘shni respublika aholisining uchdan bir qismi oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda

Afg‘onistonda 2,3 million homilador ayol to‘yib ovqatlanmaydi. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga tayanib, Aamaj News xabar berdi.

Birgina Bomiyon viloyatining Panjob tumanida homilador va emizikli ayollarning 40 foizi va besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning 45 foizi to‘yib ovqatlanmaydi. Boshqa tomondan, Afg‘oniston aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda. “Tolibon” hukumatga kelgach, Afg‘onistonga moliyaviy yordam kamaydi, bu esa qashshoqlik va ochlikning kuchayishiga olib keldi.

Jumladan, 2023-yilda Jahon oziq-ovqat tashkiloti mablag‘ yetishmasligi tufayli Afg‘onistonga yordamni qisqartirdi. Oqibatda har besh nafar ehtiyojmand afg‘ondan faqat bittasigagina yordam ko‘rsatildi. O‘shanda Afg‘onistondagi gumanitar falokatning oldini olish uchun 1 milliard dollar mablag‘ kerakligi aytilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!