menu
“Birorta daraxt kesmaslik sharti bilan savdo markazi quriladi”. Paxtakor va Alisher Navoiy kinoteatri o‘rtasidagi qurilishga izoh berildi
Avvalroq Paxtakor stadioni va Alisher Navoiy kinoteatri o‘rtasida savdo markazi qurilayotgani sabab mavjud “stoyanka” buzilib, hududdagi daraxtlar kesilishi taxmin qilingani aytilgan videolar tarqalgandi

Telegram messenjeridagi kanallarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Paxtakor stadioni va Alisher Navoiy kinoteatri o‘rtasida savdo markazi qurilayotgani, shu sabab mavjud “stoyanka” buzilib, hududdagi daraxtlar kesilishi taxmin qilingani aytilgan videolar tarqalgandi.

“Daryo” jurnalisti holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea joyiga borib, o‘rganish olib bordi. 

“Stoyanka” atrofida kabel o‘rnatish ishlarini olib borayotgan Shayxontohur tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining bildirishicha, hududda avtomobillar uchun zamonaviy turargoh, shuningdek savdo markazi qurilishi mumkin.

O‘zining Abbos ismli quruvchi ekanini tasdiqlagan suhbatdosh jamoatchilikning hududda savdo markazi qurilishi mumkinligi haqidagi taxminini tasdiqladi. 

Ha, hududda savdo markazi quriladi. Faqat birorta ham daraxtni kesmaslik sharti bilan. Ko‘pchilik buni har xil talqin qilib, endi “stoyanka” buzilar ekan, daraxtlar kesilar ekan degan ma’lumotlarni tarqatishmoqda, — deydi Abbos ismli suhbatdosh.

Quruvchining aytishicha, tarmoqlarda tarqalgan videolardan so‘ng mas’ullar, xususan Toshkent shahar Kadastrlar palatasi mas’ullari, shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari hududga kelib, vaziyatni o‘rgangan.

Mas’ulning ma’lumot berishicha, savdo markazi eski “stoyanka” o‘rnida 20 sotix maydonda qurilishi rejalashtirilgan. 

Jurnalist bilan muloqotga kirishgan mas’ul hududda qurilish ishlarini olib borishi uchun tegishli tashkilotlarning qarori, ruxsatnomasi borligini aytar ekan, ulardan nusxalar ham taqdim qilishini bildirdi. Biroq va’da qilingan fursat o‘tsa-da, hech qanday hujjat ko‘rsatilmadi. 

Quruvchi savdo markazi qurilishiga buyurtma bergan tomonni hozircha ochiqlamadi. 

“Daryo” voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!