12
qarashlar
qarashlar
Ko‘chani marhum siyosatchi xotirasiga qayta nomlash petitsiyasida 45 mingdan ortiq kishi qatnashgan
45 mingdan ortiq kishi Aleksey Navalniy xotirasiga Berlinning Barenshtrasse ko‘chasining bir qismini qayta nomlash haqidagi petitsiyani imzoladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Faollar marhum siyosatchi xotirasiga Berlinning Barenshtrasse ko‘chasining Rossiya Bosh konsulligi kirish eshigi va rossiyalik diplomatlarning turar joy binolari joylashgan qismiga qayta nom berish uchun 6-mart kuni mazkur ko‘chada aksiya o‘tkazgan.
Petitsiya 19-fevral kuni boshlangan. Faollar Berenshtrasseda Navalniy ko‘chasi yo‘l korsatgichi, shuningdek, rossiyalik siyosatchi Vladimir Kara-Murza hamda yana bir qancha hibsdagi shaxslar haqidagi ma’lumotlar yozilgan bannerlarni o‘rnatgan.
Comments
0 comment