menu
Bektemir va Qo‘qonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Toshkentning Bektemir tumani va Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.Sh.” MCHJga qarashli dorixona rahbari R.B. va sotuvchisi O.Sh. xaridorga hech qanday hujjatsiz jami 105 dona “Gabapentin” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 44 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro S.B.ga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 53 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.   

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!