menu
Bekobodda o‘z joniga qasd qilgan 28 yoshli ayol voqeasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bekobod tuman prokuraturasida ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etgani, marhumaning yaqinlari bunga zo‘ravon er aybdorligini aytgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga bildirishicha, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

2024-yilning 27-mart kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, ikki farzandning onasi N.X. yashash xonadonining 5-qavatidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgandi.

Yaqinlarining aytishicha, ayolning turmushi notinch bo‘lgan, eri uni vahshiylarcha kaltaklab kelgan. To‘qqiz yillik turmushning bor-yo‘g‘i uch yilini erinikida yashagan. Lekin shu orada uch marta himoya orderi berilgan bo‘lsa ham, zo‘ravonga biror chora ko‘rilmagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!