menu
Bekobodda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish mas’ullari 950 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi
Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bekobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i N.J. va bosh hisobchisi E.O‘. tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MCHJ rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, 2023-yilning oktyabr-dekabr oylarida Bekobod tumanida yashovchi 116 nafar fuqaroga go‘yoki kasanachilik faoliyatida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar yetkazib berilgani to‘g‘risida rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan 950 million 570 ming so‘mni talon-toroj qilgan.

Qonunbuzilishi holati DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida aniqlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!