menu
BBC Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar sonini oshkor qildi
Markaziy osiyolik migrantlarni urushga asosan Rossiya fuqaroligini oson olish yoki bosim jalb qilmoqda

Ukrainadagi urushda 2022-yil fevralidan beri 45 123 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Rossiya armiyasi safida jon bergan o‘zbekistonliklar soni esa 47 kishini tashkil qiladi. Bu haqda ochiq manbalarga tayanib, BBC xabar berdi.

Umumiy yo‘qotishlarga ko‘ra, rus armiyasi safidagilardan kamida 6614 nafari 2023-yilning oktyabridan 2024-yilning fevraligacha, yaʼni rus qo‘shinlari Avdeyevka yaqinida va Donetsk viloyatining qo‘shni hududlarida oldinga siljigan paytda halok bo‘lgan. Hozirda 265 nafar halok bo‘lgan xorijliklarning ismlari ma’lum.

Aksar migrantlarni “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashgandan so‘ng Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan holda olish istiqbollari jalb qiladi. Ba’zilar bosim ostida armiyaga yoziladi. Politsiya reydlari chog‘ida qo‘lga olingan muhojirlarga formadagi odamlar yaqinlashib, shartnoma taklif qiladi:

Ko‘pchilik rus tilini bilmagani sababli imzo qo‘yish so‘ralgan hujjatlarni o‘qiy olmaydi. Formadagi odamlar shartlarni oddiygina qilib: yaxshi ish haqi, tibbiy yordam, shartnoma tugaganidan keyin Rossiyada qolish huquqi deb ta’riflaydi.

“Biz bu qanday ishligini so‘radik, ular buni oddiy va yaxshi deb aytishdi”, — deydi shu yo‘l bilan urushga jalb qilinmoqchi bo‘lgan somaliliklardan biri. Hujjatlarga imzo chekkandan so‘ng, u Ukraina bilan chegaradagi chodir lagerida harbiy qo‘riq ostida qolgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!