menu
“Barselona” o‘z futbolchisiga 100 million yevrolik taklif tushsa, uni sotib yuborishga tayyor 
Shu tariqa kataloniyaliklar moliyaviy holatini yaxshilab olmoqchi

“Barselona” agar yaxshi taklif tushsa Ronald Arauxoni sotishga tayyor.

ESPN nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar himoyachi uchun 100 millionlik taklif bo‘ladigan bo‘lsa, o‘ylab ko‘rishga tayyor. Arauxoga APLning top-klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Bavariya” ham Ronaldni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. 

Avvalroq, “ko‘k-anorranglilar” Arauxoni har qanday holatda ham sotmasligini ma’lum qilgandi.

Urugvaylik futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!