menu
Avstriya huquq-tartibot idoralari qiymati 14 million yevrolik kokainni musodara qildi
Avstriya poytaxtidan bir necha o‘nlab kilometr uzoqlikdagi Kottingbrunn qishlog‘ida yashirin laboratoriya mavjudligi ham aniqlagan

Avstriya huquq-tartibot idoralari slovakiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda 137 kg kokainni musodara qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Avstriya ichki ishlar vazirligi matbuot-relizida qayd qilindi.

Unga ko‘ra, qora bozorda bu partiyaning qiymati 14 million yevroga yetishi mumkin.

Gamburg portidagi bojxonachilar yog‘och materiallar solingan konteynerda kokain topdi. Yuk Bratislavaga jo‘natilgan bo‘lib, u Avstriya fuqarosi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lgan. Avstriya va Slovakiya politsiyasining qo‘shma operatsiyasi natijasida Vena va uning atrofida yashovchi to‘rt nafar Serbiya fuqarosi hamda ularning besh nafar sherigi qo‘lga olindi, ulardan to‘rt nafari ham Bolqon respublikasi pasportiga ega.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari Avstriya poytaxtidan bir necha o‘nlab kilometr uzoqlikdagi Kottingbrunn qishlog‘ida yashirin laboratoriya mavjudligini ham aniqlagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!