menu
“Aviahalokat bo‘yicha turli taxminlar mavjud” — Ilhom Aliyev
Ozarbayjon prezidenti mamlakat Bosh prokuraturasi aviahalokat yuzasidan jinoiy ish ochganini ma’lum qildi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon havo yo‘llari samolyotining Aqtauda qulashi sabablari nomaʼlumligini, shu bilan birga aviahalokat bo‘yicha turli taxminlar mavjudligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablari haqida gapirishga hali erta, masalani to‘liq tekshirish kerak. Aliyev, shuningdek, Ozarbayjon Bosh prokuraturasi aviahalokat yuzasidan jinoiy ish ochganini aytdi.

Qozog‘istondagi aviahalokatga oid so‘nggi ma’lumotlar

Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida qulab tushdi. Samolyot Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, bortida 69 kishi, jumladan, 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokatda 32 kishi, jumladan, bir nafar ekipaj a’zosi omon qolgan. Ularga zarur tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatilmoqda. 12 kishining ahvoli og‘ir ekani aytilgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev samolyot halokatini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzishni buyurgan.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev aviafojia munosabati bilan Rossiyadagi MDH sammitiga qatnashmay, Bokuga qaytgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samolyot halokatga uchragani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik yo‘lladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!