menu
“AQSHni amaldagi prezident boshqarmaydi” — Tramp
AQSH sobiq prezidenti mamlakatni hozirda kimlar “boshqarayotgani”ni taxmin qildi

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatni amaldagi prezident Jo Bayden emas, uning “atrofidagi aqlli va yovuz odamlar” boshqarishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tramp AQSHni Bayden atrofidagi “aqlli va yovuz odamlar” boshqarishi, amaldagi prezidentning o‘zi esa imkon qadar “tezroq uyquga ketishni xohlashi”ni aytdi. Bungacha Tramp amaldagi prezident yuritayotgan siyosat tufayli “AQSH Xitoyning qo‘g‘irchog‘iga aylangani”ni aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning harakatlari “AQSH iqtisodini vayron qildi” va muhojirlarning bostirib kirishiga va inflyatsiyaning oshishiga sabab bo‘ldi. AQSHning sobiq prezidenti hamma narsani qaytarishning eng oson yo‘lini uni (Trampni) prezident etib saylash ekanini aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!