qarashlar
AQSH hukumati Yaqin Sharqda “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish”ga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini BMT Xavfsizlik kengashiga taqdim etdi. Vashington hujjat qurolli mojaroga barham berishda “kuchli signal” bo‘lishiga umid qilmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.
AQSH bungacha BMT Xavfsizlik kengashida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarga veto qo‘ygandi. Garovga olingan 100 dan ortiq isroillik haqida Blinken “muzokaralar stolida juda kuchli taklif bor”, degan. U HAMAS va Isroil umumiy kelishuvga yaqinlashayotganini aytmoqda.
Ayni paytda Isroil G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qarshi hujumni rejalashtirishda davom etmoqda. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu rejaga sodiq qolishi, ammo unga tayyorgarlik biroz vaqt talab etishini aytgan.
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin 20-mart kuni isroillik hamkasbi Yoav Galantdan quruqlikdan hujum qilishning muqobil variantlarini ko‘rib chiqishni so‘ragandi.
Comments
0 comment