menu
AQSH va Yevropa davlatlari 48 soat ichida Moskvada teraktlar bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi
Sakkizta davlat fuqarolariga gavjum joylarga bormaslik, Rossiyaga har qanday tashrifdan tiyilishni maslahat berdi

AQSH va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirliklari o‘z fuqarolarini yaqin ikki kun ichida Moskvadagi odamlar gavjum joylarda teraktlar sodir etilishi xavfidan ogohlantirdi. Latviya, Kanada, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Germaniya va Chexiya ogohlantirishga qo‘shildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolariga Rossiyaga har qanday tashrifdan tiyilishni maslahat bergan.

Ogohlantirish Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvadagi sinagogalarga hujum qilishni rejalashtirgan “Islomiy davlat” (ISHID) terrorchilik guruhining yacheykasini zararsizlantirganini ma’lum qilganidan bir necha soat o‘tib berilgan.

AQSHning Rossiyadagi elchixonasi tahdidning mohiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan, biroq atrofdagilardan ogoh bo‘lishlari kerakligi ta’kidlangan. Latviya, Kanada, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Germaniya va Chexiya yaqin ikki kun ichida Moskvadagi teraktlar xavfi haqidagi ogohlantirishga qo‘shilgan, deb yozadi DW.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!