10
qarashlar
qarashlar
AQSH rasmiysi mazkur yordam paketi Ukrainaga faqat bir necha haftaga yetishini aytgan
AQSH Ukrainaga 300 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda prezident Jo Bayden ma’muriyatiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Pentagon matbuot kotibi general-mayor Pat Rayderning aytishicha, yordam paketiga zenit-raketalar va artilleriya o‘qlari kiritilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga Pentagon kelishuvi orqali qurol yetkazib berish Kiyevni moliyalashtirishning barqaror usuli emas, balki bir martalik holat bo‘lishi mumkin.
AQSH rasmiylari 2022-yilda Rossiyaning muzlatilgan qariyb 285 milliard dollarlik aktivlarini musodara qilish va bu pulni Ukraina armiyasi uchun ishlatish variantlarini ham ko‘rib chiqqan.
Comments
0 comment