10
qarashlar
qarashlar
Rossiya uzoq masofaga uchuvchi yadroviy kallakli raketalar ishlab chiqarayotgani bo‘yicha hisobot e’lon qilindi
Rossiya hali ham yadro qurolidan foydalanishi mumkin, u uzoq masofaga uchuvchi yadroviy kallakli raketalar ishlab chiqmoqda. AQSH razvedkasi o‘zining tegishli hisobotini e’lon qildi.
Hisobotda Rossiya o‘zining yadroviy qurol salohiyatini modernizatsiya qilishda davom etishi, eng katta va xilma-xil yadroviy qurol zaxirasini saqlab qolishi ta’kidlandi.
Shuningdek, razvedka 2023-yilda Putin Minskning uzoq yillik iltimosiga javoban yadro qurolini Belarusga ko‘chirishga tayyorligini ochiq e’lon qilganini esladi.
Comments
0 comment