50
qarashlar
qarashlar
Yerosti silkinishining episentri Asaka tumanida joylashgan
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi O‘zbekiston hududida kuzatilgan zilzilalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Mahalliy vaqt bilan 14-mart soat 09:49 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Episentr: Andijon viloyati, Asaka tumani. Zilzila koordinatalari: 40,6 gradus shimoliy kenglik; 72,17 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,3. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 259 kilometr janubiy-sharqda.
Respublika hududia sezilish kuchi:
1-mart kuni Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatilgandi. Undan oldin esa Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida 22-yanvar va 30-yanvar kunlari sodir bo‘lgan zilzila kuchi ham O‘zbekistonda sezilgandi.
Comments
0 comment