menu
“Al-Hilol” jahon rekordini o‘rnatdi
“Al-Hilol” oxirgi marta 2023-yilning 21-sentyabrida Saudiya ligasida “Damak”ni (1:1) mag‘lub etolmagan edi

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida “Al-Hilol” 12-mart, seshanba kuni “Al-Ittihod”ga qarshi bahs olib bordi. 

Unda “Al-Hilol” “Al-Ittihod”ni mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba jamoaning jahon rekordini o‘rnatishiga sabab bo‘ldi.  Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalidagi yutuq Jorje Jezush jamoasi uchun ketma-ket 28-g‘alaba bo‘ldi.

Ushbu natija bilan Riyod klubi 2016-yilda Uelsning «Nyu Seynts» jamoasi o‘rnatgan rekordni (qatorasiga 27 g‘alaba) yangiladi. 

“Al-Hilol” oxirgi marta 2023-yilning 21-sentyabrida Saudiya ligasida “Damak”ni (1:1) mag‘lub etolmagan edi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!