menu
Aktyor Kris Xemsvort Avstraliyaning eng ko‘p daromad oluvchi mashhurlari reytingida birinchilikni egalladi
Tor obrazini gavdalantirgan aktyor hozirda Instagram’dagi reklama posti uchun bir million dollargacha daromad oladi

Tor obrazi bilan mashhur bo‘lgan Gollivud aktyori Kris Xemsvort Forbes reytingi hamda Instagram bo‘yicha Avstraliyaning eng ko‘p maosh oluvchi mashhurlari ro‘yxatida birinchilikni egalladi. Bu haqda People Talk nashri xabar bermoqda.

Kris Xemsvortning Instagram ijtimoiy sahifasida 58,5 milliondan ortiq obunachisi mavjud. Marvel olamining yulduzi birgina homiylik posti va reklama uchun 1 041 208 dollargacha daromad oladi.

Mazkur reytingga aktyor Xyu Jekman ham kiritildi va u uchinchi o‘rinni egalladi. Xyu Jekmanning ijtimoiy sahifasini 31,6 million obunachi kuzatadi. “Rosomaxa”ning reklamadan daromadi 554 989 dollarga baholanadi. Aktrisa Nikol Kidman esa reytingda sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq aktyor Kris Xemsvort Alsgeymer kasalligi xavfi tufayli filmlarda suratga tushishni kamaytirgani haqida xabar berilgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!