menu
Aktrisa Kara Delevinning Los-Anjelesdagi 7 mln dollarlik uyi yonib ketdi
Hodisa vaqtida Kara Buyuk Britaniyada o‘tkazilayotgan “Kabare” shousida bo‘lgan

Britaniyalik aktrisa va model Kara Delevinning Los-Anjelesdagi uyi tag-tugi bilan yonib ketgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda aytib berdi. Yong‘in paytida aktrisa Londonda bo‘lgan.

Umumiy maydoni 618 kv/metr bo‘lgan hashamatli uy 15-mart kuni yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar juma kuni tongda uyga yetib kelgan, ammo xonadonning aksariyat qismi yaroqsiz holga kelgan edi. Bunga qisqa elektr tarmog‘ining qisqa tutashuvi hamda kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Mazkur uyni aktrisa 2019-yilda xarid qilgan edi. Karaning ota-onasi aytishiga ko‘ra, Los-Anjelesdagi uy uning “borlig‘i” edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda Kara Buyuk Britaniyada o‘tkazilayotgan “Kabare” shousida ishtirok etayotgan edi. Uyda aktrisaning mushuklari bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchi brigada uy hayvonlarining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!