menu
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan YTHda 21 kishi halok bo‘ldi (video)
Hodisa oqibatida 38 nafar yaradordan 11 nafari og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan

Afg‘oniston janubida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Associated Press xabar berdi.

Helmand departamenti hodisa 17-mart kuni kuni ertalab Helmand viloyatining Gerashk tumanida janubiy Qandahor va g‘arbiy Hirot viloyatlari o‘rtasidagi asosiy trassada sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.

 Uning qo‘shimcha qilishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 38 nafar yaradordan 11 nafari og‘ir jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.

Afg‘onistonda yo‘l-transport hodisalari, asosan, yomon yo‘l sharoiti va haydovchilarning e’tiborsizligi tufayli tez-tez uchrab turadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!