menu
Afg‘onistonda ayol besh egizak farzandni dunyoga keltirdi
16-mart tongida dunyoga kelgan сhaqaloqlar va onaning salomatligi qoniqarli ahvolda

16-mart kuni Afg‘onistonda ayol 5 nafar egizak farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Aamaj News nashri xabar bergan.

Unda aytilishicha, holat Nangarhor viloyatida sodir bo‘lgan. 39 yoshli ayol viloyat tug‘uruqxonasida to‘rt o‘g‘il va bir qiz farzandni dunyoga keltirgan.

16-mart tongida dunyoga kelgan chaqaloqlar haqida dastlab Nangarhor viloyatidagi mahalliy nashrlar maʼlum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, chaqaloqlar va ularni dunyoga keltirgan ona salomatligi qoniqarli ahvolda.

Nangarhor viloyati Afg‘oniston sharqida joylashgan tog‘li hududdir. Mazkur hududda sog‘liqni saqlash tizimining nisbatan past darajasi tufayli onalar va bolalar o‘limi bilan bog‘liq holat nisbatan yuqori.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!