menu
A Seriya. “Kalyari” mehmonda yutqazdi. Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi 
Italiya chempionati 29-tur o‘yinlari davom ettirildi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 29-turida “Monsa” 16-mart, shanba kuni “Kalyari”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Daniel Maldini hisobni ochdi. Ushbu gol o‘yin so‘nggigacha yagonaligini saqlab qoldi. 

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardan harakat qildi va 84-daqiqada o‘z o‘rnini Kingstonga bo‘shatib berdi. 

A Seriya

29-tur bahsi

16-mart, shanba

“Monsa” — “Kalyari” 1:0 

Gol: 1:0 - 42 Daniel Maldini.

“Kalyari”: 22. Simone Skuffet, 28. Gabriele Dzappa, 23. Mateush Veteska, 4. Alberto Dossena, 27. Tommazo Audjello, 8. Naitan Nandes, 29. Antuan Makumbu, 14. Alessandro Deyola, 21. Yakub Yankto, 9. Djanluka Lapadula, 61. Eldor Shomurodov

“Monsa”: 16. Mikele Di Gregorio, 19. Samuele Birindelli, 22. Pablo Mari, 4. Armando Icco, 44. Andrea Karboni, 32. Matteo Pessina, 28. Andrea Kolpani, 38. Uorren Bondo, 27. Daniel Maldini, 47. Deni Mota, 11. Milan Djurich

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!