menu
A Seriya. Eldor Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Kalyari” raqibi ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video) 
Jarohatidan tuzalgan o‘zbekistonlik futbolchi maydonga qaytganini dubl bilan nishonladi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 28-turida “Kalyari” 9-mart, shanba kuni “Salernitana”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida “Kalyari” a’zosi Lapadula hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida Gaetano jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda jarohatidan tuzalgan Eldor Shomurodov Gaetanoning o‘rniga maydonga tushdi. O‘zbekistonlik futbolchi maydonga tushganidan 5 daqiqa o‘tib, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

56-daqiqada esa Kastano hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Majore “Salernitana”ning ikkinchi golini urdi. 76-daqiqada Shomurodov yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va dublni rasmiylashtirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Kalyari” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

A Seriya

28-tur bahsi

9-mart, shanba

Gollar: 1:0 – 12 Lapadula, 2:0 – 40 Gaetano, 3:0 – 51 Shomurodov, 3:1 – 56 Kastanos, 3:2 – 58 Majore, 4:2 – 76 Shomurodov.

“Kalyari”: Skuffet, Zappa, Mina, Dossena, Aujello, Nandes (Viola, 66), Yankto (Assi, 66), Deyola, Makumbu, Gaetano (Eldor Shomurodov, 46), Lapadula (Oristanio, 66).

“Salernitana”: Ochoa, Zanoli (Sambiya, 74), Fasio, Manolas (Pirola, 46), Bradarich, Kandreva, Kastanos, Kulibali (Gomis, 74), Majore, Tshauna, Veysman (Nvankvo, 65).

Ogohlantirishlar: Aujello (70), Kastanos (73), Sambiya (85).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!