menu
5–11 yoshli bolalar uchun tavsiya etilgan eng yaxshi 10 ta multfilm
Bolalar psixikasiga ijobiy ta’sir etadigan va yaxshilikka chorlaydigan multfilmlar ro‘yxati

XXI asr zamonaviy animatsiya sanoati minglab turdagi multfilmlarga boy. Katta tanlov oldida turgan ota-onalar farzandiga qaysi multfilmni qo‘yib berish va u bolaga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida bosh qotiradi. Bu borada biz sizga yordam berishga qaror qildik: quyida besh yoshdan o‘n bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga manzur bo‘ladigan foydali va qiziqarli multfilmlar to‘plamini taqdim etamiz.

Uolt Disney studiyasi tomonidan ishlangan ushbu multfilm allaqachon klassikaga aylangan. Filmda qo‘rqmas va jasur o‘rmon qaroqchisi do‘stlari bilan birga turli yovuzliklar bilan kurashgani aks etadi. Multfilm qahramonlari antropomorf hayvonlardir. Masalan, Robin Gud — tulki, uning sodiq yordamchisi Jon — ayiq.

Multfilm Piter Dikkinson ismli kambag‘al ixtirochi haqidagi sehrga to‘la hikoyadir. Bosh qahramon to‘satdan sehrgarlar va ajdarholar yashaydigan parallel dunyoga kelib qoladi. U yerda Piterni turli sarguzashtlar kutadi. Piter tasodifan mahalliy sehrgarlardan biri ­— ajdarho Gorbash uy hayvoni tanasiga tushib qoladi.

Yer ostidagi “Shaxta dunyosi”da shafqatsiz hukmdor Zigonning nazorati ostida hech qachon quyosh nurini ko‘rmagan odamlar ishlaydi. Ulardan biri Orin afsonaviy qilichning dastasini ochmaguncha bu davom etadi. Yigitning oldida yangi aql bovar qilmaydigan dunyo ochiladi.

Sobiq sovet davri animatorlari afsonaviy kapitan Flintning xazinasini izlash haqida ajoyib multfilm yaratdi. Unda hatto qonxo‘r qaroqchilar bilan janglar qo‘rqinchli emas, balki kulgili tuyuladi. Jasur Jim Xokins, doktor Livsi va kapitan Smollettning sarguzashtlari esa hech kimni befarq qoldirmaydi.

Endi ismli bolakay o‘yinchoqlari u xonani tark etganda jonlanishini bilmaydi. Uzoq vaqt davomida egasining sevimli o‘yinchog‘i Vudi kovboy edi. Ammo bir kuni bolakay xonasida o‘ziga ishongan kosmik reydchi Bazz paydo bo‘ladi va Vudi Endining e’tiborini yo‘qota boshlaydi. Pixar kompaniyasiga tegishli ushbu multfilm do‘stlik, o‘zaro yordam va ishonch haqidagi ta’sirli hikoya bilan tomoshabinlarni quvontiradi.

Multfilmdagi voqealar Monstropolis deb nomlangan uydirma shaharda bo‘lib o‘tadi. U yerdagilar bolalar qichqirig‘ini elektr manbai sifatida ishlatadi. Bunday energiya manbaini qazib olish bilan Maxluqlar uyushmasi kompaniyasi shug‘ullanadi. Korxona xodimlari har kuni butun dunyo bo‘ylab bolalar xonalariga shkaf eshiklari orqali kiradilar. Shu bilan birga, hayvonlar birorta ham bola Montropolis shahriga kirmasligini qat’iy ta’minlaydi, chunki bolalar qichqirig‘i shahardagi elektr tarmoqlarida nosozliklarga olib kelishi mumkin.

Multfilmning asosiy qahramoni Makvin nomli poyga avtomobilidir. U doimo g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘radi va mashhur Piston kubogi musobaqasida ham g‘olib chiqishni orzu qiladi. Biroq shaharga ketayotgan payt Makvin yo‘lda adashib qoladi va u yerdagi mahalliy aholi bilan yaqindan tanishadi va yangi do‘stlar orttiradi.

Volt laqabli it butun umrini kinostudiyada o‘tkazadi va teleserialda super qobiliyatlarga ega it sifatida rol o‘ynaydi. U yuksak kuchga ega, ucha oladi va qurollar itga ta’sir qilmaydi.

Olux orolidagi vikinglarni doimiy ravishda uylarni yoqib yuboradigan va chorva mollarini o‘g‘irlaydigan ajdarlar bezovta qiladi. Ammo boshliqning 15 yoshli o‘g‘li ixtirosi bilan katapulta bilan noyob ajdarhoni urib tushirgach, hammasi o‘zgaradi. Biroq bola yarador jonzotni o‘ldirishni istamaydi va o‘zi bilan olib qoladi. Ushbu multfilm animatsiya klassikasi va DreamWorks’ning eng yaxshi filmlaridan biri hisoblanadi.

Uyatchan Barnining barcha sinfdoshlarida do‘stlari — gaplashuvchi robotlari bor. Barniga nihoyat robot berilganida u o‘zini chinakam baxtli his qiladi: u endi sinfdoshlari bilan tenglasha oladi. Biroq Ron ismli robot nuqsonli bo‘lib chiqadi va uning yosh egasi robotga hamma narsani boshidan o‘rgatishga majbur bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!