menu
2024-yildan Og‘ir atletika va para pauerlifting bo‘yicha Uzbekistan Open O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi
Prezidentning “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Prezidentning “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yildan har yili anʼanaviy og‘ir atletika va para pauerlifting bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi. 

Shuningdek: 

Bundan tashqari, Sport vazirligi huzurida o‘z faoliyatini 2025/2026-o‘quv yilidan boshlovchi Og‘ir atletika markazi tashkil etiladi.

2024-yil 1-sentyabrgacha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi og‘ir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanadi va keyinchalik muntazam ravishda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlab boriladi.

2024-yil 1-sentyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o‘smirlar sport maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda og‘ir atletika sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!