menu
Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik ham javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 16:36 237 2 daqiqa o‘qiladi Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Shuningdek, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik ham javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlaganlik uchun ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHM 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHM 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln 250 ming so‘mdan 18 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutildi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik, fuqarolarga BHM 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 125 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolarga BHM 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 750 ming so‘mdan 5 mln 625 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

16:34 / 14.01.2025

14:55 / 22.12.2024

16:35 / 26.11.2024

16:29 / 19.11.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!