menu
Xitoyda maxfiy gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi.
Xitoylik mutaxassislar «havo-havo» sinfidagi maxfiy gipertovushli raketaning yakuniy sinovlarini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 22:16 537 2 daqiqa o‘qiladi Xitoyda maxfiy gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi

Xitoylik mutaxassislar «havo-havo» sinfidagi maxfiy gipertovushli raketaning yakuniy sinovlarini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: CCTV

Xitoylik mutaxassislar «havo-havo» sinfidagi maxfiy gipertovushli raketaning yakuniy sinovlarini o‘tkazdi, deb xabar beradi South China Morning Post. Ta’kidlanishicha, bu yangi qurol mavjudligining birinchi tasdig‘idir.

Yangi raketalar ishlab chiqaruvchisi Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasiga bog‘liq CAMA kompaniyasi hisoblanadi. Sinovlar yoyli isitish tizimiga ega aerodinamik quvurda o‘tkazilgan: bunday sharoitda havo harorati o‘n minglab darajaga chiqishi mumkin. Nashr manbasining aytishicha, olimlar raketa Xitoy Harbiy-havo kuchlari talabiga javob berishi uchun uni termobarqarorlik sinovidan o‘tkazgan.

Xitoy va zamonaviy Osiyo RFA instituti hisobotiga ko‘ra, XXR yaqin yillarda harbiy xarajatlarni oshirishni davom etadi. Xususan, 2035 yilga borib mamlakat Rossiya va Amerika yadroviy qurollari darajasiga chiqishi mumkin. Shu bilan birga, Xitoy harbiy kemalarni foydalanishga topshirish sur’atlari bo‘yicha yetakchi pozitsiyani egallagan.

Avvalroq KXDR Raketasozlik bosh boshqarmasi o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi gipertovushli ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. Dekabr oyida esa Amerikaning Electron raketasi Pengaton manfaatlari uchun gipertovushli tizimni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan apparatni kosmosga olib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

16:13

20:37 / 17.01.2025

18:09 / 17.01.2025

15:39 / 17.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!