qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Iqtisodiyot | 16:17 416 1 daqiqa o‘qiladi Xitoy tashqi savdosida O‘zbekiston ulushi kamaydiXitoy o‘tgan yili Markaziy Osiyo davlatlari bilan qariyb 95 milliard dollarga savdo qildi. O‘zbekistonning ulushi kamaygani qayd etildi.
Foto: Reuters
2024 yil yakuniga ko‘ra, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 94,8 milliard dollarni tashkil etdi, bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib Qozog‘istonning Zakon nashri xabar berdi.
Qayd qilinishicha, savdo aylanmasi 2023 yilga (89,4 milliard dollar) nisbatan 5,4 milliard dollarga oshdi.
Hajmning asosiy qismi – 43,8 milliard dollar yoki 46 foizdan ortig‘i Qozog‘istonga to‘g‘ri keldi. Qolgan davlatlar o‘rtasidagi taqsimot quyidagicha:
- Qirg‘iziston — 22,7 milliard dollar (24%);
- O‘zbekiston — 13,7 mlrd dollar (14,5%);
- Turkmaniston — 10,6 milliard dollar (11%);
- Tojikiston — 3,8 mlrd dollar (4%).
Qozog‘iston (2,8 milliard dollarga o‘sish), Qirg‘iziston (2,9 milliard dollar) va Turkmaniston (57 million dollar) bilan savdoda ijobiy dinamika kuzatilgan. Biroq Tojikiston va O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmi mos ravishda 65 million dollar va 260 million dollarga kamaygan.
00:09
17:16 / 23.01.2025
19:09 / 22.01.2025
13:10 / 22.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment