qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Fan-texnika | 15:01 210 2 daqiqa o‘qiladi Ultratovush yordamida inson kayfiyatini ko‘taradigan chip yaratildiG‘ayrioddiy texnologiya miyaga yaqin joylashtiriladi va unga tovush to‘lqinlari bilan ta’sir ko‘rsatadi. Natijada nafaqat kayfiyatni ko‘tarish, balki depressiyani ham davolash mumkin bo‘ladi.
Foto: Zuma Press Inc./Alamy
Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati implant yordamida bemorlarning kayfiyatini o‘zgartirishga qaratilgan innovatsion sinovlar boshlanganini e’lon qildi. Mitti qurilma to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh suyagi va miya o‘rtasiga joylashtiriladi, shunda u ultratovush yordamida faollik xaritasini tuzadi va neyronlarga impuls uzatadi.
Amerikaning Forest Neurotech tashkiloti ishlab chiqqan Forest 1 chipi, miya ichiga kiritiladigan elektrodli invaziv implantlardan farqli o‘laroq, tana bilan ultratovush yordamida aloqa o‘rnatadi. Shu tarzda u bir vaqtning o‘zida bir nechta sohalardagi faollikni o‘qib oladi va o‘zgartiradi. Ushbu xususiyatlar chipni “dunyodagi eng ilg‘or miya-kompyuter interfeysi”ga aylantirdi.
“Xirurgiyaning yanada xavfsizroq usullarini taklif etish juda qiziq. Epilepsiya singari kasalliklarni aytadigan bo‘lsak, bu turdagi bemorlarning uchdan bir qismi sog‘aymaydi. Aynan shu guruhlar uchun bunday texnologiya taqdirni o‘zgartiruvchi yechim bo‘lishi mumkin”, — dedi loyiha rahbari va neyroxirurg-maslahatchi Aymun Jamjum.
2025 yil mart oyida boshlanadigan sinovlarda 30 nafar bemor qatnashadi. Ularning barchasida e’tiborga loyiq umumiy xususiyat bor — bosh miya jarohati tufayli bosh chanog‘ining bir qismi olib tashlangan. Shu tufayli chiplarni jarrohlik aralashuvisiz o‘rnatish mumkin. Shundan keyin atigi 2 soat ichida miya faoliyatining uch o‘lchamli xaritalarini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Dastlabki sinov maqsadlaridan biri ham neyronlarni maqsadli ultratovush yordamida mexanik tarzda faollashtirish va shu orqali miya faoliyatini masofadan boshqarishga urinish. Agar bu muvaffaqiyatli kechsa, kelajakda chip ko‘plab bemorlarga nafaqat kayfiyatini o‘zgartirish, balki depressiya, xavotir va epilepsiya kabi kasalliklarni davolashda yordam berishi mumkin.
17:17 / 22.01.2025
17:02 / 22.01.2025
16:16 / 21.01.2025
14:58 / 18.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment