qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 22:45 35 3 daqiqa o‘qiladi Ukrainada Xarkiv mudofaasini ta’minlay olmagan ikki general hibsga olindiUlar o‘z harakatsizligi tugayli Rossiya qo‘shinlarining Xarkiv oblastiga hujumini qaytara olmaganlikda ayblanmoqda. Davlar tergov byurosiga ko‘ra, ofitserlar chegara hududlari «mudofaasini tayyorlamagan» va qayta hujum vaqtida «jang boshqaruvini yo‘qotgan».
Ukraina maxsus xizmatlari UQKning yuqori martabali ofitserlarni 2024 yil may oyida Xarkiv oblastining bir qismi bosib olinishiga olib kelgan harakatsizlikda aybladi. Uch nafar sobiq komandir qo‘lga olingan: ikki general va polkovnik. Ukraina Xavfsizlik xizmatiga (UXX) ko‘ra, ular dushman hujumi vaqtida mintaqa uchun «yetarli himoyani ta’minlay olmagan».
UXX jinoyat sodir etilgan vaqtdagi ofitserlarning lavozimlarini oshkor qildi, OAV esa ushbu ma’lumot asosida ishga aloqador shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘pladi. Bular — «Xarkiv» tezkor-taktik guruhining sobiq qo‘mondoni brigada generali Yuriy Galushkin, 125-alohida brigada sobiq komandiri general-leytenant Artur Gorbenko va avvalroq ushbu birlashmadagi 415-batalonni boshqargan polkovnik Ilya Lapin.
Davlar tergov byurosining versiyasiga ko‘ra, ofitserlar Xarkiv oblastining chegara hududlarida «mudofaani tayyorlamagan» va rossiyaliklarning qayta hujumi vaqtida «jang boshqaruvini yo‘qotgan». Shuningdek, komandirlar pozitsiyalarni kuchaytirish va hujumni qaytarish uchun arsenaldagi mavjud vositalarning barchasidan foydalanmagan, ularning xato harakatlari shaxsiy tarkib o‘rtasida yo‘qotishlarga, qurollanish va davlat chegarasidagi hududning bir qismi ustidan nazoratni yo‘qotishga olib kelgan.
Hibsga olingan ofitserlar Kiyevga yetkazilgan, ularga harbiy holat vaqtida xizmat burchiga beparvo munosabatda bo‘lganlikda bo‘yicha ayblov e’lon qilinadi. Lapinga, shuningdek, jang maydonini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish ayblovi qo‘yiladi. Yuqori martabali ofitserlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Qo‘lga olinganlardan biri, general-leytenant Artur Gorbenko avvalroq «Ukrainskaya pravda»ga bergan intervyusida 125-alohida hududiy mudofaa brigadasining razvedkasi rossiyaliklar Xarkivga hujum tayyorlayotgani haqida aprel boshida xabar topgani va bu ma’lumot rahbariyatga yetkazilganini aytgan edi. Shunga qaramay, 10 may kuni chegara yorib o‘tilganida, bo‘linmaning ikkita bataloni shtati faqat 60 foizga, 415-o‘qchilarniki esa 50 foizga to‘la bo‘lgan xolos. «Batalonlar imkoni bor va imkonsiz ishlarning barchasini qildi. Ammo bir kilometrga 6-8 kishi to‘g‘ri kelib turganida frontni ushlab qolish — shunchaki imkonsiz», — degan Gorbenko.
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
20:22
14:53
09:54 / 19.01.2025
21:29 / 18.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment