qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 21:29 331 2 daqiqa o‘qiladi Ukrainada sobiq deputat davlatga xiyonatda ayblanmoqdaDavlat tergov byurosiga ko‘ra, «Metinvest» tog‘-metallurgiya kompaniyasi egasi va Ukrainaning eng badavlat insonini biznes sherigi Vadim Novinskiy jamiyatda hukumatga qarshi kayfiyatni shakllantirish va Rossiya bosqinini oqlashga urinib kelgan.
Foto: «RBK»
Ukraina Davlat tergov byurosi Oliy Radaning bir necha chaqirig‘ida deputat bo‘lgan shaxsni davlatga xiyonat, diniy adovat va nafratni qo‘zg‘atishda gumonlanayotganini ma’lum qildi.
Byuro press-relizida gumonlanuvchining ismi keltirilmagan, ammo «Ukrainskaya pravda» va «RBK-Ukraina» manbalariga ko‘ra, gap oligarx Vadim Novinskiy haqida ketmoqda.
Novinskiy — Ukrainadagi eng yirik tog‘-metallurgiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Metinvest» egalaridan biri va mamlakatning eng badavlat tadbirkori Rinat Axmetovning biznes sherigidir.
Davlat tergov byurosi Novinskiyni «rus provoslav cherkovining Ukrainadagi kuratori» deb atamoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi 2014 yildan beri OAVdagi intervyulari, ommaviy chiqishlari, sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali Ukrainada ruslar «narrativlarini» targ‘ib qilib keladi. Xususan, deputat ukrain jamiyatida hukumatga qarshi kayfiyatni shakllantirish va Rossiya bosqinini oqlashga uringan.
«Rossiyaparast deputat rus provoslav cherkovi rahbari patriarx Kirill Gundyayevning ko‘rsatmalarini bajargan, uzoq vaqt davomida u bilan qalin aloqada va uning ierarxik bo‘ysunuvida bo‘lgan», — deyiladi idora xabarida.
Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlangach, u deputatlik vakolatlarini topshirib, chet elga ketib qolgan. Shu bilan birga, Davlat tergov byurosiga ko‘ra, gumonlanuvchi «Ukraina suverenitetiga zarar yetkazishga qaratilgan axborot ta’sirini davom ettirmoqda».
08:40
20:21 / 17.01.2025
23:55 / 16.01.2025
22:12 / 16.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment