menu
Ukrainada demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, harbiy holat davrida xizmat muddati tugagan va belgilangan muddatdan oshib ketgan muddatli harbiy xizmatchilar keyinchalik prezident qarori bilan belgilanadigan muddatda zaxiraga o‘tkazilishi mumkin. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni demobilizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. 

Hujjatga ko‘ra, harbiy holat davrida xizmat muddati tugagan va belgilangan muddatdan oshib ketgan muddatli harbiy xizmatchilar keyinchalik prezident qarori bilan belgilanadigan muddatda zaxiraga o‘tkazilishi mumkin. Qonunning o‘zida demobilizatsiya rejalashtirilgan aniq sana ko‘rsatilmagan. Shuningdek, qonunda keyingi safarbarlikni 12 oy muddatga kechiktirish to‘g‘risidagi band ham mavjud. 

2023 yil noyabr oyida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov xizmat muddatini tugatgan ukrainalik harbiy xizmatchilar demobilizatsiya qilinishini va bu adolatdan ekanini aytgan edi. Shuningdek, u xizmat muddati tugagan, ammo armiyada qolish istagida bo‘lgan chaqiriluvchilar shartnoma asosida buni amalga oshirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. 

Zelenskiy 22 fevral kuni Oliy Radaga chaqiriluvchilarni demobilizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Tushuntirish xatida qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarni zaxiraga o‘tkazishni ta’minlash zarurati bilan bog‘liqligi ta’kidlangan. Qonun loyihasida Ukrainadagi harbiy holat davrida majburiy harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tagan harbiy xizmatchilarni zaxiraga o‘tkazish imkoniyatini me’yorlashtirish taklif qilinmoqda. Bu esa harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tagan harbiy xizmatchilarni 2024 yilda zaxiraga o‘tkazish imkonini beradi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!