menu
Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi.
Uni haqiqiysidan farqlash qiyin ekani ta’kidlanmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 18:15 866 2 daqiqa o‘qiladi Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi

Uni haqiqiysidan farqlash qiyin ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images

Turkiya bozorlarida hatto zargarlar ham aniqlay olmaydigan soxta oltin keng tarqaldi va bu fuqarolarda vahima uyg‘otdi, deb yozdi CNN Turk.

«Bozorda qalbaki oltinlar bo‘yicha ogohlantirish eng yuqori darajaga yetdi. Zargarlar ham zo‘rg‘a ajrata oladigan qalbaki oltin ham fuqarolar orasida vahima uyg‘otdi», deyiladi telekanal xabarida.

Oltin va pul bozori mutaxassisi Isam Memish so‘zlariga ko‘ra, soxta oltinning bozorlarda paydo bo‘lishiga yoz mavsumida oltin narxining ko‘tarilishi va tushishi sabab bo‘lishi mumkin.

«Ular ustaxonalar, masalan, zargarlik ustaxonalari ochishadi va bozorga past navli yoki butunlay qalbaki mahsulotlarni qo‘yishadi. Odatda ular onlayn sotiladi», deb tushuntirdi ekspert.

Zargarlik do‘konlari egalari ham firibgarlar qurboni bo‘layotgani xabar qilindi. Savdogarlar o‘zlarini himoya usullarini ham o‘ylab topdi. «Firibgar kelganida biz uni video suratga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhga jo‘natamiz», dedi Memish.

Turkiya zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik markazlardan biridir. Turk zargarlari o‘z hunarmandchiligi bilan mashhur bo‘lib, noyob zargarlik buyumlarini yaratadi.

Turkiya Markaziy banki oltin zaxiralarini mustahkamlash va milliy valuta barqarorligini ta’minlash maqsadida faol ravishda oltin xarid qiladi.

Oltin taqinchoqlar Turkiyaga borgan sayyohlar orasida mashhur suvenir hisoblanadi.

15:55

14:26

19:33 / 16.01.2025

11:58 / 15.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!