qarashlar
![](/assets/9daff39f/img/business-bg.png)
![](/assets/9daff39f/img/business-bg-img.png)
![](/assets/9daff39f/img/business-bg-dark.png)
![](/assets/9daff39f/img/business-bg-img-dark.png)
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 14:26 471 2 daqiqa o‘qiladi Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 kishiga yetdiTurkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida 16 yanvar kuni O‘zbekistonning yana 4 nafar fuqarosi vafot etgan. Shuningdek, Istanbul shifoxonalari jonlantirish bo‘limida qolayotgan o‘zbekistonliklardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.
Foto: AFP
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’molidan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni ortdi. Bu haqda Istanbul shahridagi bosh konsulxona xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16 yanvar kuni O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi (barchasi erkak) vafot etgan. 17 yanvar holatiga zaharlanish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarni tashkil qilmoqda.
17 yanvar holatida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli tashxisi bilan Turkiya bo‘ylab kasallanganlar soni 88 nafarni tashkil qilgan. Shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi va boshqa millat vakillari ham bor.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari 16 yanvar kuni Istanbul shahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli ichimliklarni musodara qilgan.
Reydlar Sultong‘oziy, Fatih, Bakirko‘y, Kuchukchekmejye, Chatalja, Esenyurt, Zeytinburnu va Beykoz tumanlarida o‘tkazilib, 9 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tekshiruvlar chog‘ida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qo‘lga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi so‘roqlardan so‘ng qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.
Bosh konsulxona diplomatlari Istanbul shahridagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar olgan. Ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.
Avvalroq Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetgani hamda holatga aloqador Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olingani xabar qilingandi.
01:00 / 15.01.2025
19:58 / 14.01.2025
21:04 / 22.12.2024
11:37 / 22.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment