qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jamiyat | 12:20 286 2 daqiqa o‘qiladi Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildiIIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan poytaxt hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Foto: IIV
Joriy yil 15-16 yanvar kunlari IIV Tezkor-qidiruv departamenti, DXX va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
1993 yilda va 1999 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasida to‘xtatilib tekshirilganda, ularning yonida 286 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Ushlangan shaxslar mazkur dori vositalarini Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi narkodo‘kondan olganligi ma’lum bo‘lgan va 16 yanvar kuni Yashnobod tumanida 1998 va 1999 yilda tug‘ilgan shaxslar ushlanib, yashash manzili ko‘zdan kechirilib, 857 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.
Shuningdek, tadbir davomida ushlangan shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarni 1996 yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan sudlangan shaxsga ham sotganligi ma’lum bo‘ldi.
U Olmos mahallasida to‘xtatilib tekshirilganda, yonida 500 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida chakana narxi 131,4 mln so‘mga teng bo‘lgan jami 1 643 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olinib, tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
16:18 / 22.01.2025
13:24 / 22.01.2025
20:20 / 21.01.2025
10:41 / 21.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment