menu
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi.
TikTok ijtimoiy tarmog‘i Trampning va’dasidan keyin Qo‘shma Shtatlardagi faoliyatini qayta tiklashga kirishdi. Qonunga muvofiq 19 yanvardan mamlakatda uning faoliyati taqiqlangan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Fan-texnika | 00:12 313 2 daqiqa o‘qiladi TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi

TikTok ijtimoiy tarmog‘i Trampning va’dasidan keyin Qo‘shma Shtatlardagi faoliyatini qayta tiklashga kirishdi. Qonunga muvofiq 19 yanvardan mamlakatda uning faoliyati taqiqlangan.

Foto: Global Look Press

TikTok ijtimoiy tarmog‘i AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda platformaning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan rasmiy bayonotida so‘z boradi (https://x.com/TikTokPolicy/status/1881030712188346459).

Kompaniya o‘z qarorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning bayonoti bilan bog‘lamoqda — u avvalroq TikTokʼka qarshi qonunning kuchga kirishini kechiktiradigan maxsus qaror chiqarishga va’da bergandi.

«Biz prezident Donald Trampga 170 million amerikalik foydalanadigan ijtimoiy tarmog‘imiz sanksiyalarga uchramasligiga oydinlik kiritgani va ishonch taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deyiladi xabarda.

Tramp imzolashi kutilayotgan qaror qonunning kuchga kirishini 90 kungacha kechiktirishi mumkin. Kompaniya bayonotida aytilishicha, u Tramp bilan «TikTokʼning AQShda qolishiga imkon beradigan uzoq muddatli qaror» ustida ish olib boradi. Donald Tramp bundan oldin ijtimoiy tarmoq ustidan nazorat 50 foizi AQShga tegishli qo‘shma korxona tomonidan amalga oshirilishi kerakligi haqida gapirgandi.

TikTok 19 yanvarga o‘tar kechasi AQShdagi faoliyatini to‘xtatgandi (https://kun.uz/kr/news/2025/01/19/aqshda-tiktokni-taqiqlashga-oid-qonun-kuchga-kirdi-foydalanuvchilar-ilovaga-kira-olmayapti), u App Store va Google Play’dagi ilovalar do‘konidan ham o‘chirib tashlangan. Shu bilan birga, Xitoyning ByteDance kompaniyasiga aloqador CapCut videotahrirchisi va Marvel Snap o‘yini ham yo‘qolib qolgan. Ilovaga kirishga uringan amerikaliklar «Kechirasiz, TikTokʼka hozirda kirib bo‘lmaydi» yozuviga duch kelayotgan edi.

23:30 / 19.01.2025

17:10 / 19.01.2025

16:13 / 19.01.2025

15:15 / 19.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!