qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 00:50 0 2 daqiqa o‘qiladi The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqdaXJS rahbariyati Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan sud faoliyatini falajlab qo‘yadigan sanksiyalar joriy etishidan xavotirda. AQSh prezidentining bunday harakatlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun berilgan order qaytarib olinishiga qaratilgan.
Foto: Reuters
Xalqaro jinoiy sud (XJS) rahbariyati AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan tashkilot faoliyatini falajlab qo‘yadigan iqtisodiy sanksiyalar joriy etishidan xavotirda. Bu haqda The Guardian o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
XJS Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hamda sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun order berganidan keyin AQSh Vakillar palatasi Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari sura boshlagan. Ammo sudning hisoblashicha, Tramp qonun loyihasini kutib o‘tirmasdan, bu ishni tezlashtirib yuborishi mumkin.
The Guardian suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, XJS sanksiyalar alohida shaxslarga qaratilgan choralarga qo‘shimcha bo‘ladigan «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, manbalarning fikricha, sanksiyalar sud uchun o‘z faoliyatini davom ettirishda kerak bo‘ladigan xizmatlarni bloklashga qaratiladi. Xususan, bank va to‘lov tizimlari, IT-infratuzilma va sug‘urta kompaniyalariga tegishli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish cheklanadi.
Nashrning ayrim manbalarini ta’kidlashicha, sud faoliyatida Microsoft Azure bulutli platformasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va undan foydalanishga cheklov qo‘yilishi tergovlar ishini falajlaydi. «Biz barcha dalillarimizni bulutda saqlaymiz», — deydi gazeta suhbatdoshi.
The Guardian’ning qayd etishicha, XJS faoliyatini qiyinlashtirish Netanyahu va Galantni hibsga olish uchun berilgan orderlarni qaytarib olish uchun harakat hisoblanadi.
22:47 / 18.01.2025
08:30 / 10.01.2025
17:24 / 09.01.2025
12:00 / 11.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment