qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 15:31 532 2 daqiqa o‘qiladi Tehrondagi Oliy sud binosi oldida otishma yuz berdi. Ikki sudya o‘ldirildiOtishmani uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan birorta ishga aloqador emas.
Foto: AFP
Eron Oliy sudi binosi oldida yuz bergan otishma oqibatida ikki sudya halok bo‘ldi va yana bir nafari yaralandi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, otishma 18 yanvar kuni ertalab Tehrondagi Oliy sud binosi yaqinida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs sudyalarni o‘qqa tutgan. Hodisa oqibatida sudyalar Ali Razini va Muhammad Mokiseh halok bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sudyalar terrorizm va josuslikka oid ishni ko‘rib chiqayotgan bo‘lgan.
Otishma uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan birorta ishga aloqador emas.
IRNA’ning yozishicha, Razinini 1998 yilda ham o‘ldirishmoqchi bo‘lishgan — o‘shanda u Tehron bosh sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan. Suiqasdni uning mashinasiga bomba o‘rnatib amalga oshirishga urinishgan va hodisa oqibatida Razini jarohat olgan.
13:59 / 13.01.2025
08:51 / 13.01.2025
17:49 / 06.12.2024
09:26 / 06.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment