menu
Tayvan hukumati 120 ming yashil iguanani o‘ldirmoqchi.
Tayvanda tabiiy dushmanlari bo‘lmagan ushbu kaltakesaklar qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Orol hukumati jamoatchilikka iguanalar inini qidirishni so‘rab murojaat qilgan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:21 915 2 daqiqa o‘qiladi Tayvan hukumati 120 ming yashil iguanani o‘ldirmoqchi

Tayvanda tabiiy dushmanlari bo‘lmagan ushbu kaltakesaklar qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Orol hukumati jamoatchilikka iguanalar inini qidirishni so‘rab murojaat qilgan.

Foto: AP

Tayvan hukumati 120 mingta yashil iguanani yo‘q qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi orol Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Qayd etilishicha, Tayvanda tabiiy dushmanlari bo‘lmagan ushbu kaltakesaklar qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.

«Ko‘pchilik ularni qanchalik katta bo‘lib ketishi va uzoq yashashini bilmagan holda, yoqimtoy kichik uy hayvoni deya sotib olgan. Shu boisdan ular yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilgan va iguanalar Tayvan muhitiga moslashib ketgan… Bu esa ularga katta tezlikda ko‘payish imkonini berdi, natijada, ularni yo‘q qilib, tabiat muvozanatini to‘g‘rilashga majburmiz”, — deydi Pindun uyezdi qishloq xo‘jaligi departamenti vakili Li Chi-Ya.

Orol hukumati jamoatchilikka iguanalar inini qidirishni so‘rab murojaat qilgan. Sudralib yuruvchilarni baliq tutishda foydalaniladigan nayzalar yordamida o‘ldirish tavsiya etiladi. O‘tgan yili maxsus yig‘ilgan jamoalar 70 mingga yaqin iguanani o‘ldirgan. Hukumat o‘ldirilgan har bir kaltakesak uchun 15 dollardan to‘laydi.

Tayvan Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, orolning janubiy va markaziy hududlarida 200 mingga yaqin shu kabi reptiliyalar yashaydi.

Sentyabr oylarida Botsvana ocharchilik tufayli 20 ming filni o‘ldirmoqchi ekani to‘g‘risida xabar berilgandi.

19:06 / 11.01.2025

00:48 / 06.01.2025

20:35 / 21.12.2024

15:12 / 13.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!