qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 10:14 375 2 daqiqa o‘qiladi Baland qavatli binolarga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladiToshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududidagi baland qavatli binolar va inshootlarga videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish orqali atrof-muhitni kuzatish va yong‘inlarni barvaqt aniqlash tizimi joriy etiladi.
Foto: Getty Images
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Toshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududidagi baland qavatli binolar va inshootlarga videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish orqali atrof-muhitni kuzatish va yong‘inlarni barvaqt aniqlash tizimi joriy etiladi.
Videokuzatuv tizimini yaratish uchun loyiha texnik topshiriq hujjatlari ishlab chiqiladi. Videokuzatuv tizimi va uning texnik dasturiy ta’minoti xarid qilinadi. Videokuzatuv tizimi uskunalari belgilangan joylarga o‘rnatiladi va tizim joriy etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi aholi ko‘p yig‘iladigan joylari (aeroport, vokzal, bozorlar, yirik savdo va yopiq turdagi ko‘ngilochar markazlar) bino va inshootlarida yuzaga kelgan yong‘inlardan xabarlovchi signalizatsiya tizimi FVV hududiy quyi yong‘in-qutqaruv qismlarining yagona dispetcherlik xizmatiga ulanadi.
Zaruriy texnik vositalar xatlovdan o‘tkaziladi va o‘rnatiladigan joylar soniga aniqlik kiritiladi. Texnik va dasturiy vositalar uchun texnik topshiriq hujjatlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Texnik va dasturiy vositalar uchun tanlov (tender) savdolari o‘tkaziladi va xarid qilinadi. Texnik va dasturiy vositalar ishlab chiqish va o‘rnatish orqali hududiy tuzilmalarning yagona dispetcherlik xizmatlari bilan bog‘lanadi.
09:00 / 09.01.2025
07:40 / 13.09.2024
19:31 / 07.09.2024
08:09 / 22.07.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment