menu
Statistika agentligini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi.
Iste’fo haqida rasmiy xabar berilmagan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 13:35 1900 1 daqiqa o‘qiladi Statistika agentligini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi

Iste’fo haqida rasmiy xabar berilmagan.

Foto: Kun.uz

Bahodir Abdusalomovich Begalov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.

Iste’fo haqida rasmiy xabar berilmadi. Ayni paytda agentlik saytida direktor lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan.

56 yoshli Bahodir Begalov statistika idorasini 2017 yil may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

U 2012–2016 yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil oxiridagi ma’muriy o‘zgarishlarda Statistika agentligiga aylantirilib, Prezident huzuriga o‘tkazilgan edi. Hozir statistika organida direktorning ikki nafar o‘rinbosari faoliyat olib bormoqda: A’zam Anvarjonovich Ikromov (2016 yildan buyon) va Zohidjon Murodovich Ziyoyev (2019 yildan buyon).

15:40 / 18.01.2025

16:17 / 03.01.2025

16:47 / 30.12.2024

08:45 / 24.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!