menu
Rossiya va Belarus sportchilari Paralimpiada ochilishiga kiritilmaydi.
Paralimpiya o‘yinlariga neytral maqomda qabul qilingan Rossiya va Belarus sportchilari Parijdagi o‘yinlarning ochilish va yopilish marosimlarida ishtirok eta olmaydi. 

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi boshqaruv kengashi tomonidan 6 mart, chorshanba kuni e’lon qilingan reglamentga ko‘ra, Rossiya va Belarus sportchilari 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlarida ishtirok eta olmaydi. 

Rossiya va Belarus sportchilari o‘yinlarda neytral maqomda qatnashadi va NPA - neytral paralimpiyachi (Neutral Paralympic Athletes) sifatida belgilanadi. Har ikki davlat delegatsiyalari ochilish va yopilish marosimlarida faqat tomoshabin sifatida qatnashishi mumkin, deyiladi hujjatda. 

Rossiya Federatsiyasi va Belarus sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan mukofotlar umumiy medallar sifatida hisobga olinmaydi. Ikki davlatning davlat ramzlari taqiqlanadi va sportchilar qora NPA harflari tushirilgan oq bayroq ostida musobaqalashadi. Agar oltin qo‘lga kiritilsa, taqdirlash marosimida Paralimpiya madhiyasi yangraydi. 

Rossiya Federatsiyasi va Belarus sportchilari Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan va Minsk tomonidan qo‘llab-quvvatlangan urushi munosabati bilan ko‘plab xalqaro musobaqalarda o‘z mamlakatlari bayrog‘i ostida ishtirok etishdan chetlatildi. Biroq, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi urushni omma oldida qo‘llab-quvvatlamagan sportchilarga neytral maqomda va faqat individual musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi. 

O‘yinlarda 125 nafar rossiyalik sportchi qatnashishi mumkin 

Avvalroq Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi (PKR) 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida 125 nafar sportchi ishtirok etishi mumkinligini, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga jami 225 kishi kiritilganini ma’lum qilgandi. «Ularning soni rossiyalik sportchilarni xalqaro musobaqalarga qabul qilish bilan bog‘liq vaziyatga qarab yuqoriga yoki pastga o‘zgarishi mumkin», — deyiladi PKR xabarida. 

«Sportning 22 turidan oltitasi saralash musobaqalarida kvota yutish imkoniyati bor: yengil atletika, o‘q otish, taekvondo, triatlon, nogironlar aravachasi tennisi va stol tennisi. Yana 3ta sport turida o‘yinlarga faqat xalqaro sport federatsiyalari to‘g‘ridan to‘g‘ri taklifnomalari asosida kirish mumkin: pauerlifting, dzyudo va kamondan otish», - deb xabar berdi PKR «Interfaks»ga. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!