qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 17:16 1272 2 daqiqa o‘qiladi Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildiQayd qilinishicha, Qozog‘istonda maoshlar O‘zbekiston va Qirg‘izistonnikidan deyarli ikki baravar ko‘p, Tojikiston bu borada ancha ortda qolgan.
Foto: Depositphotos
2024 yil sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda o‘rtacha ish haqi 817,2 dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich, deb yozdi Ranking.kz. Taqqoslash oson bo‘lishi uchun ko‘rsatkichlar dollar ekvivalentida keltirilgan.
Qayd qilinishicha, Qozog‘istonda maoshlar O‘zbekiston ($437,8) va Qirg‘izistonnikidan ($411,2) deyarli ikki baravar ko‘p, Tojikiston bu borada ancha ortda qolgan ($242,8). Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.
Eng kam ish haqi bo‘yicha Qozog‘iston yana birinchi o‘rinda (85 ming tenge yoki 181,1 dollar). Keyingi o‘rinlarni quyidagi mamlakatlar egalladi:
- O‘zbekiston — $89,4;
- Tojikiston — $54,9;
- Qirg‘iziston — $28,3.
Tahlilchilar Turkmanistonga oid ma’lumotlarni ham topdi: eng kam ish haqi 1410 manat (yoki davlat kursi bo‘yicha $402,9, ammo «qora bozor» kursi bo‘yicha $74,2).
Nihoyat, tahlilchilar o‘tgan yilning yanvar-oktyabr oylarida Markaziy Osiyoda iste’mol narxlari o‘sishi darajasini hisoblab chiqdi. Inflatsiyaning eng yuqori dinamikasi O‘zbekistonda kuzatilgan – 7,7%. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston 6,6%, Qirg‘iziston 4,2% va Tojikiston 3,2%.
11:58 / 19.01.2025
14:57 / 18.01.2025
17:12 / 16.01.2025
17:39 / 14.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment