menu
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi.
Jogorku Kengesh deputatining so‘zlariga ko‘ra, Issiqko‘lda Asman shahri qurilmoqda va u yerga 10 mlrd so‘m investitsiya jalb qilingan. «Poytaxt ko‘chirilsa, yo‘l tirbandliklari muammosi hal bo‘ladi», deydi u.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 18:09 1157 2 daqiqa o‘qiladi Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi

Jogorku Kengesh deputatining so‘zlariga ko‘ra, Issiqko‘lda Asman shahri qurilmoqda va u yerga 10 mlrd so‘m investitsiya jalb qilingan. «Poytaxt ko‘chirilsa, yo‘l tirbandliklari muammosi hal bo‘ladi», deydi u.

Foto: Tabyldy Kadyrbekov

Qirg‘iziston Jogorku Kengeshida Bishkekdagi tirbandliklar muammosini hal etish uchun poytaxtni boshqa yerga ko‘chirish taklif qilindi, deb xabar beradi Kazinform.

Deputat Bakitbek Maripovning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtni ikki boshli mer boshqarsa ham, smog va tirbandlik masalasi hal bo‘lmaydi.

«Poytaxtimizni boshqa yerga ko‘chirishni taklif qilaman. Bu masalani ko‘rib chiqish kerak. Issiqko‘l viloyatida Asman shahri qurilmoqda, u yerga 10 milliard so‘m investitsiya jalb qilingan. Temiryo‘lni poytaxtdan tashqariga ko‘chirish uchun 550 million dollar talab etiladi, shuningdek, aylanma halqa yo‘lini qurishga 1 milliard dollardan ortiqroq mablag‘ kerak. Poytaxt ko‘chirilsa va vazirlar mahkamasi shahardan tashqariga olib chiqilsa, yo‘l tirbandliklari muammosi hal bo‘ladi», — deydi deputat.

Bundan oldin deputat Elmurza Satibaldiyev Bishkekda tirbandliklar muammosini hal etish uchun poytaxt meriyasiga o‘ng tomonli rulga ega mashinalarning shaharga kiritilishini taqiqlashni taklif qilgandi. Shuningdek, mamlakat parlamenti Bishkekda zararli gazlarning atmosferaga chiqishini kamaytirish uchun Qozog‘iston ko‘mirini xarid qilish taklifini bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Evril Turon O‘zbekiston poytaxtining Toshkent shahridan Jizzax viloyatiga o‘zgartirishni taklif etgandi. U bu haqda «Oltin o‘lka» essesida bayon qilib, taklifini asoslantirishga uringan.

11:00 / 26.09.2024

18:02 / 10.08.2024

21:31 / 23.07.2024

13:23 / 05.06.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!