menu
Qirg‘iziston elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Baxtiyor Saidov ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari har sohada jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, elchining faoliyatiga omad tiladi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 16:47 123 2 daqiqa o‘qiladi Qirg‘iziston elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Baxtiyor Saidov ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari har sohada jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, elchining faoliyatiga omad tiladi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘izistonning yangi tayinlangan elchisi Duyshonkul Chotonovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanaliga yozib qoldirdi.

«Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari har sohada jadal rivojlanib bormoqda. Biz misli ko‘rilmagan yutuqlarga guvoh bo‘lmoqdamiz va ikki tomonlama munosabatlarning to‘liq salohiyatiga erishish uchun yanada katta marralarni reja qilmoqdamiz. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida omad tilaymiz», — deb yozadi TIV rahbari.

Duyshonkul Chotonov 1967 yilda O‘shda tug‘ilgan. U ilgari Qirg‘izistonning Janubiy Koreya (2011−2015) va Vetnamdagi (o‘rindoshlik asosida, 2012−2015) favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.

U «Ata Meken» partiyasidan Jogorku Kenesh Qonunchilik assambleyasi deputati bo‘lgan. 2010 yilda muvaqqat hukumatda favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajargan.

Noyabr oyida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2022 yil apreldan beri ishlab kelgan Musa Jamanbayev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani xabar qilingandi.

16:41 / 17.01.2025

11:45 / 14.01.2025

15:20 / 08.01.2025

11:00 / 08.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!