qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 16:02 292 1 daqiqa o‘qiladi O‘zbekiston Hindistonning yirik zargarlik kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatmoqdaO‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yirik zargarlik korxonalaridan biri hisoblanadigan Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi boshqaruvchi direktori Ashish Shoh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
Tadbir chog‘ida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni, mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, zargarlik sanoatini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqish bo‘yicha ko‘rilayotgan izchil sa’y-harakatlar haqida batafsil so‘zlab berildi.
Ashish Shoh O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlarning ko‘lami va ularning natijalaridan yaxshi xabardor ekanini izhor qildi. Mamlakat zargarlik sohasining salmoqli salohiyati va yuqori malakali mutaxassislar xalqaro hamkorlik uchun keng istiqbollar ochayotganini ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekiston va Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
14:39
17:29 / 16.01.2025
16:34 / 16.01.2025
15:42 / 14.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment